Kunduz kunlari havo +25…+30 darajagacha isiydi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Biroq 14-aprel kuni respublika gʻarbiy hududlariga nam havo oqimi kirib kela boshlaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati va kechga tomon Buxoro viloyatida yomgʻir yogʻishi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda.

15–16-aprel kunlari nam havo massalari butun respublika boʻylab tarqaladi. Barcha hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Shuningdek, momaqaldiroqlar kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati +13...+16 darajagacha pasayadi.

17-aprel kuni esa faqat markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Respublikaning togʻli hududlarida 15–17-aprel kunlari baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Shamol ham kuchayadi: 14-aprel kuni gʻarbiy hududlarda, 15–16-aprel kunlari esa barcha hududlarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha, ayrim joylarda 25–28 m/s gacha yetishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

Shuningdek, togʻ oldi va togʻli hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 13–14-aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati 26–29 daraja atrofida boʻladi. 15–17-aprel kunlari esa vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol tezligi 12–15 m/s gacha kuchayishi, kunduzgi harorat esa 13–16 darajagacha pasayishi kutilmoqda.