Bu haqda Associated Press Zimbabve Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligiga tayanib xabar berdi.
Jami 77 kishi qutqarildi va ular ko‘ldagi kichik orolga yetib borishdi, 27 kishi esa bedarak yo‘qolgan.
Zimbabve fuqarolik himoyasi bo‘linmasining bayonotida chiptalar savdosi ma’lumotlarini ko‘rib chiqqandan so‘ng, bortda 114 yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lganligi aniqlangani aytilgan.
Ko‘lda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi report.az.