Bugungi kunda Respublikadagi 17 ta “Nurli maskan”larda koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi oʻquvchilar taʼlim va taribiya olib kelishmoqda.
Kelajakda ular oʻz oʻrinlarini topib munosib hayot kechirishlari maqsadida:
1. Oʻquvchilarning imkoniyatlari, qiziqishlari, kasbga boʻlgan moyilligi soʻrovnoma va suhbatlar orqali oʻrganildi.
2. Republikadagi 5 ta muassasasa zamonaviy turdagi kasbga oʻqitish (texnologiya) xonalari tashkil etildi.
3. “Ishga marxamat” monomarkazlarining mutaxassislari yordamida oʻqitish va amaliyot darslari yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu tizim toʻliq yoʻlga qoʻyilishi natijasida Nurli maskanlarda taʼlim-tarbiya olayotgan oʻquvchilarimiz kelajakda oʻzlari qiziqqan kasbni mukammal oʻrganib, hayotda oʻz yoʻllarini topib ketishadi deb umid qilamiz, deya yoxabar beradi, Xalq taʼlimi vazirligi rasmiylari.