Uchrashuvda «Creative Associates International» tashkiloti vakillari tomonidan Oʻzbekistondagi faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berilib, kelgusida hamkorlikda inklyuziv taʼlim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Л.Крувант «Barcha bolalar muvaffaqiyatli» loyihasi AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi USAID tomonidan moliyalashtirilib, «Creative Associates International» tashkiloti tomonidan amalga oshirib kelinayotgani hamda mazkur loyihaning konsepsiyasi mamlakatda inklyuziv taʼlim ehtiyojlari chuqur oʻrganilib, ilmiy tahlil etilganidan soʻng mahalliy kontekstga mos ravishda ishlab chiqilishini maʼlum qildi.
Taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirish natijasida oʻquv-metodik materiallar inklyuziya va asosiy koʻnikmalarni rivojlantirish asosida tahlil qilinib, takomillashtiriladi.
Shuningdek, inklyuziv taʼlim sohasidagi mutaxassislarning oliy oʻquv yurtidan oldingi va keyingi malaka oshirish tizimini takomillashtirishga erishiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikda mamlakatimizda inklyuziv taʼlim sifatini yanada oshirishdagi saʼy-harakatlarni birlashtirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.