Unga koʻra, oʻtgan haftada 2,6 milliondan ortiq kishida COVID-19 aniqlanib, bemorlarning qariyb 8,5 ming nafari hayotdan koʻz yumdi.Tahlillar 21-27-noyabr sanalarida dunyo boʻyicha koronavirusga chalinish holatlari 2 foizga oshganini tasdiqlaydi. Shunga qaramay, xastalik qurbonlari soni 5 foizga kamaygani biroz taskin beruvchi koʻrsatkich.
Kasallanishlar sonining sezilarli oʻsishi Janubiy va Shimoliy Amerika qitʼalari (+19 foiz) hamda Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida (+ 8 foiz) roʻyxatga olindi. Afrika (-18 foiz), Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi (-17 foiz), Yevropa (-14 foiz) hamda Janubi-Sharqiy Osiyoda (-8 foiz) esa aksincha pasayish dinamikasi qayd etildi.
Oʻlim koʻrsatkichlari esa asosan Afrika (-79 foiz), Yevropa (-35 foiz) va Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida (-20 foiz) kamaydi. Amerika (+21 foiz), Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasida (+9 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyoda (+5 foiz) buning aksi kuzatildi.
Oʻtgan haftada eng koʻp bemorlar aniqlangan mamlakatlar:
Yaponiya — 698 ming,
Janubiy Koreya — 378 ming,
AQSH —296 ming,
Fransiya — 230 ming,
Italiya 161 ming,
Eng koʻp oʻlim holatlari qayd etilgan davlatlar:
AQSH — 2611,
Yaponiya — 1000,
Braziliya — 535,
Italiya — 419,
Xitoy — 395.