“Spyware" hatto rasmiy ilovalar doʻkonlari orqali tarqatilishi mumkin.
Oʻz xavfsizligingizni taʼminlash uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
— Antivirus dasturini oʻrnating “adware” va “spyware” qidirish funksiyalarini ishga tushiring;
— Oʻrnatilgan dasturlaringiz tarmoq faoliyatini kuzatib boring;
— Yangi dasturlar oʻrnatishda ularning komponentlarini tanlashda eʼtibor qiling;
— Oʻrnatilgan dasturlar roʻyxatini vaqti-vaqti bilan tekshirib chiqing.
Oʻzingiz bilmagan, tekshirib koʻrilmagan va begona foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan havolalarni ochishda ehtiyot boʻling, deya ogohlantirmoqda Kiberxavfsizlik markazi.