Toshkent viloyatida tomorqadan foydalanish holati qanday?

    Joylarda 467 ta aholi xonadonida bo'lib, 16 ming sabzavot ko'chatlari, 280 kg sabzavot urug'lari tarqatilgan holda ekish jarayonlari ko'rsatib berildi.

    O'zbek xalqi azaldan erga mehr qo'yib, farzandlarini mehnatga o'rgatib kelgan. Boisi, bugungi og'ir damlarda serhosil erimiz, daromad olishga tomorqamiz bo'la turib undan samarali foydalanmasdan aholi ro'zg'orining butligiga erishish mushkul.

    Davlatimiz rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasi a'zolari, O'zbekiston Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh a'zolari mahallabay va xonadonbay yurib, aholiga tomorqadan foydalanish sirlarini o'rgatmoqda.

    e'tiborli jihati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida tajriba almashish maqsadida Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlaridan 60 nafar tajribali “Namunali tomorqachi”, “Mehnatkash dehqon” va “Ilg'or fermer” ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan dehqonlar taklif etildi.

    Tajriba almashish jarayonida vodiy viloyatlaridan keltirilgan 35 ming tup, Toshkent viloyatidagi “Tomorqa xizmatlari” MCHJlar orqali 50 ming to'p pomidor, bulg'or qalampir, achchiq qalampir, baqlajon, karam ko'chatlari hamda 1 tonna 800 kilogramm sabzavot urug'lari ekish uchun zaxira qilindi.

    – YUrtimiz tuprog'i oltinga teng. Faqatgina undan unumli foydalanish lozim. Bunda esa tomorqaning o'rni beqiyos, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rahbari spikeri o'rinbosari A.Haitov. – SHu sababli seminar davomida dehqonlar, malakali tomorqachilar aholi bilan dehqonchilik sir-asrorlari borasida tajriba almashib, o'zlarining ish-faoliyati haqida ularga gapirib berdi. Joylarda 467 ta aholi xonadonida bo'lib, 16 ming sabzavot ko'chatlari, 280 kg sabzavot urug'lari tarqatilgan holda ekish jarayonlari ko'rsatib berildi. O'z navbatida, 31 ta xonadondagi 42 sotix tomorqa er maydoni “Tomorqa xizmati” korxonalari tomonidan motokul`tivatorlar bilan haydab berildi.

    “Bir mahalla – bir mahsulot tamoyili” asosida Qibray, O'rta CHirchiq, YUqori CHirchiq tumanlaridagi bir qator mahallalarning meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganidan kelib chiqib, asosan 3-5 sotixli intensiv bog', 1-2 sotixli ixcham issiqxonalar qurish, aholi gavjum maskanlarida esa, “Dala do'konlari”ni tashkil etish, shuningdek, hududlarda tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Kengash huzuridagi Jamg'arma mablag'laridan moliyaviy ko'mak berilishi tushuntirib o'tildi.

    Toshkent viloyatining YAngiyo'l tumanida tashkil etilgan seminarda yaqinda qabul qilingan “Tomorqa xo'jaligi to'g'risida”gi va “Dehqon xo'jaligi to'g'risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida so'z yuritildi.

    Suhbat jarayonida tumanda ekin maydonlaridan samarali foydalanish, “Tomorqa – daromad manbai” tamoyili asosida tomorqachilikni keng rivojlantirish bo'yicha fikr almashilib, tomorqa er egalarining mavjud muammolari va ularning daromadini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.

    – Bugun bozorlarimizga etkazib berilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirishda nafaqat dehqon va fermerlar, balki aholining ham munosib hissasi bor, – dedi A.Haitov. – Oxirgi yillarda davlatimiz rahbarining aholi tomorqalaridan samarali foydalanishiga oid bir qator qarorlari asosida mazkur yo'nalishga keng imtiyozlar berilib, odamlarga zarur ko'mak ko'rsatilmoqda. Hududlarda tashkil etilgan “Tomorqa xizmati” MCHJlari esa odamlarning tomorqalarga ekin ekib, olingan hosilni xaridorga etkazguniga qadar ularga ko'makdosh bo'lib kelyapti.

    Seminarda sohada amalga oshirilayotgan ishlar, raqobatbardosh mahsulotlar etishtirish hajmini oshirish, aholining qo'shimcha daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish, eng muhimi, xalqimiz dasturxoniga sifatli va arzon qishloq xo'jaligi mahsulotlari etkazib berishga xizmat qilayotgani aytilib, bunday seminarlarni respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil qilishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.