Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi axborot xizmati maʼlum qilishicha, mazkur tartibni joriy etilishi boʻyicha masʼul Soliq organi tomonidan berilgan tushuntirishga koʻra, xizmat koʻrsatuvchi korxona tomonidan koʻrsatiladigan sanitar tozalash xizmatlari qiymatiga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanadi.
Yaʼni, masalan amaldagi xizmat qiymati 4000 soʻmni tashkil etsa, ushbu qiymatga nisbatan 1-apreldan boshlab 12 foiz miqdorda qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanganda jami xizmat qiymati 4480 soʻmni tashkil etadi.
Maʼlumot uchun: amaldagi xizmat qiymati 4000 soʻm × 12% qoʻshilgan qiymat soligʻi = 4 480 soʻm.