Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmasining xabar berishicha, Chilonzor tumanining qator ko‘chalarida jamoat tartibini saqlash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida soat 16:00 dan tadbir to‘liq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida transportlar harakati to‘liq cheklanadi. Jumladan:
— Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota—Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
— Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor—Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi — KHAYdan—Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Shuningdek, tadbir davrida quyida keltirilgan ko‘chalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:
— Alisher Navoiy—Furqat ko‘chalari chorrahasidan;
— Sebzor—Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tunnelga tushishdan;
Zarqaynar ko‘chasi tunnelga tushish;
— Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prik ostidan;
Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo‘lga chiqishdan;
Qatortol—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
Chilonzor—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
Bunyodkor-KHAY ko‘chalari chorrahasidan;
Bunyodkor 2-darajali yo‘li—Qatortol ko‘chalari chorrahasidan;
Chilonzor—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
Bunyodkor—Gavhar ko‘chalari chorrahasidan;
THAY—Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan;
«Erkin» YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari va Cho‘ponota—Shota Rustavelli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etiladi.