Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan yana 9 ta noyob daraxt “MonumentalTress.com” xalqaro roʻyxatiga nomzod etib kiritildi.
Ular orasida Qoraqalpogʻistondagi 100-yildan oshgan 5 ta qayragʻoch, Jizzax shahridagi 200-yildan oshgan tut, Kattaqoʻrgʻon shahridagi 250-300 yoshli tut daraxti, Narpay tumanidagi 450-yillik hamda Payariq tumanidagi 1000 yoshdan oshgan chinor daraxtlari bor.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur xalqaro roʻyxatga oʻz tabiiy meros obyektlarini kiritgan birinchi va MDH davlatlari orasida uchinchi davlatga aylandi. Bundan avvalroq Rossiya va Ozarbayjon ham bu roʻyxatga kirgan.
Taʼkidlash joiz, avvalroq Jizzax viloyati Forish tumanidagi 1500 yoshli sharq biotasi daraxti ham “MonumentalTress.com” roʻyxatiga kiritilgan.