Oʻzbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi shu yil 13-maydan boshlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 28-mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri uchadi.
Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Haj tadbirlarini tashkil etish boʻyicha:
- Ziyoratchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi;
- Emlash ishlari olib borildi;
- Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;
- Safar oldidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi;
- Hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, har bir ziyoratchiga “Haj – buyuk ibodatdir” qoʻllanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagichlar taqdim etilmoqda.