Bu haqda AQSH Bojxona va chegara xizmati axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga aytilishicha, qayiqda jami 7 kishi boʻlgan. Ularning uch nafari AQSH fuqarosi, qolgan toʻrt kishi (uch erkak va bir ayol) oʻzlarini Oʻzbekiston fuqarosi deb tanishtirishgan. Ular AQSH hududida boʻlish uchun hech qanday hujjatga ega emasligi aniqlandi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu kema AQSH Virjin orollaridagi Sen-Jon orolidan yoʻlga chiqqan.
«Qoʻlga olingan oʻzbekistonliklar Ramey sektori Chegara xizmati agentlariga topshirilib, ular bilan immigratsiya tartib-taomillari va deportatsiya ishlari olib borilmoqda«, — deyiladi xabarda.