Kichik biroq shinamgina bir xona, stellajlarda tizilgan kitoblar va sukunat. Oʻtkir va oʻychan nigohlari bilan shogirdiga bir muddat qarab turgan ustozning mehr toʻla koʻzlarida “oʻqishdan, mehnatdan choʻchimasang, bir kuni sen ham shifokor emas, inson shifokori boʻlasan”, degan hikmatni oʻqish mumkin. Bu soʻzlar yillar oʻtib Bunyodning hayoti mezoniga aylandi.

Shahob Hamroyev... nafaqat Oʻzbekiston, balki juda koʻplab rivojlangan mamlakatlarda ham ortopediya va travmatologiya sohasida oʻz maktabini yaratgan olimlardan edi. Uning shogirdlari bugun dunyo boʻylab xalqaro loyihalarda ishtirok etib, ustoz ilmi va metodlarini amaliyotda tatbiq etmoqdalar.

Shogirdlarining eʼtiroficha bu inson faqat kitoblarda emas, balki har bir shogirdi qalbida qoʻrgʻon yarata olgan ustoz edi. Uning uslubi — sabr, diqqat va insonparvarlikdan iborat edi. “Jarrohlikda kichik xato boʻlmaydi” degan ustoz shu teran qarash bilan oʻz shogirdlarini kamolga yetkazdi.

Ilmiy maktab va meros

Akademik Hamroyev tomonidan asos solingan ortopediya maktabi inson skelet-muskul tizimidagi murakkab patologiyalarni klinik va biomexanik asosda hal qilishga yoʻnaltirilgan. U kishi zamonaviy endoprotezlash, sohaga mahalliylashtirilgan materiallar va reabilitatsiya tizimini ilmiy jihatdan asoslab bergan.

Shu maktabning yirik va faol vorislaridan biri — doktor Bunyod Toʻgʻuzov boʻlib, u akademikning ilmiy yutuqlarini zamonaviy innovatsiyalar bilan boyitib, xalqaro hamkorlik asosida yangi metodlar ishlab chiqmoqda. Ayniqsa, «bir kunda qayta yurish« metodikasi bugungi kunda amaliyotda qoʻllanilmoqda va bemor turmush sifatini keskin yaxshilayapti.

Shahob Hamroyev nafaqat shogird, balki maʼnaviy farzand tarbiyalashda ham benazir inson edi. Uning xonadon muhiti, turmush tarzi, bagʻrikengligi va odamlarga nisbatan ehtiromi — butun hayoti falsafasiga aylangan edi. Ayoli Olimaxon aya bilan ehtiyojmand talabalarga panoh berib, haqiqiy ziyolilik namunasini koʻrsatdilar.

Shunday insonlar boʻladiki, garchand hayotdan oʻtsalar ham, ularning yuzi, soʻzi, iborasi va hattoki sukutlaridagi ibrati tirikligicha qolaveradi.

Xotirada tirik inson

Bunyod Toʻgʻuzovning aytishicha, ustozining tugʻilgan kuni ular oilasida bayram sifatida nishonlanadi. “U kishi men uchun ustoz, ota va hayot dasturimni belgilagan odamdir. U kishining menga ishongani sabab bugun ilmga sadoqat va masʼuliyat bilan yashayapman”, deydi u.

Bunyod oʻzining kamtarona mulohazalarida Rossiya FAakademigining ilmiy maktabini gapirishdan oldin, bolalik xotiralarini yodga oldi. 2003-yilda Samarqanddan poytaxtga kelganimda hali katta shahar ning oʻziga yarasha qonunlarini bilmaydigan gʻoʻr bola edim. Toshmidek katta dargohda men uchratgan olim odam Shahob Shamsiyevich edilar. Mana shu xonada domlam meni ilk marotaba qabul qilib bir soatlar chamasi gaplashganimizdan soʻng, menga qanot berdi. Ha oʻsha kunning oʻzidayoq mening orzu va maqsadlarim haqidagi gaplarimni tinglab, agar mehnatdan qochmasam, oʻqib oʻrganish mashqini bir kun boʻlsada ortga surmasam oʻziga shogird qilib olishini aytdi. Oʻsha paytlarda Sh.Shamsiyevichni huzurida uncha muncha olim oʻzini yoʻqotib qoʻyardi. Ustozimdagi ogʻir va vazminlik, soʻzlaganda gapini yetti bor oʻylab, mulohaza qilib soʻngra gapiradigan odati bizga oʻxshagan shogirdlarda u inson bilan gaplashish tugul uzoqroqdan maʼruza va amaliyotini kuzatish havasini uygʻotardi xolos. Biroq oʻsha kuni men ustozni mutlaq boshqa inson qiyofasida kashf etdim. U suhbatda ochiq, tanti, ichingdagini yarim soʻzingdan anglab oladigan sergak suhbatdosh, gaplaringni oxirigacha sabr bilan eshitadigan tinglovchi edilar. Kamtar qiyofasi olimlik fazilatini bezab turadigan asrimiz olimining oʻsha aytgan bir ogʻiz soʻzi, qabul qilgan aqlli qarori sabab bugun men ilm yoʻlidaman. Ustozimning ishonchi sabab katta ibrat maktabidan olgan saboqlarimni odamlar dardini yengillatishdek savob ishlarga sarflayapman.

Ustozimni saboqlarini olsam u kishidagi bagʻrikenglikka qoyil qolaman. U kishining shunday soʻzlari boʻlardi. Jarrohlik amaliyotida kichik detal boʻlmaydi, har bir harakatni diqqat bilan amalga oshirish kerak. shuning uchun ham jarrohning noni qattiq boʻladi.har kimning tishi oʻtmaydi. Bolalarim bu kasb hushyorlik, sabrni talab etadi. Kimki shu xislatlarni oʻzida tarbiyalasa jarroh boʻlsin. ustozimning 3 nafar farzandlari bor, men oilaning 4 chisi edim. Olimaxon Hoji onamizni koʻp eslayman. Shogirdligimning ilk yillari ustoz bilan tez tez uylariga borib mashgʻulotlar oʻtardik. Hushyor ayol emasmi, meni otadan erta yetim qolganim va uysizligimni bilib oʻz uylaridan joy berdilar. Men Olimaxon Hoji onamizning issiq xonadoni bagʻrida 13-yil yashadim. Ular shu qadar bagʻrikeng inson edilarki, biror marotaba hatto oʻz farzandlariga ovozlarini koʻtarib gapirganlarini eshitmagandi. Bu oila ziyoli oila edi. Meni hamisha hayratga solgani domlam uyda farzandlarga tanbeh berib urushishlariyam oʻzgacha edi. Men bu xonadonda qattiq ohangdagi janjallarni eshitmadim. Ustozim kimdandir norozi boʻlsa, yoki ranjisa sal miyigʻida kulib chiqib ketardilar. Kechgacha gapirmasdilar. Bu biz bolalar uchun juda katta “jazo” edi. Magistraturada oʻqirdim, operatsiya paytlari biz bemorni amaliyotga tayyorlar edik. Uning psixologik holatidan operatsiyadan keyingi parvarishlash kabi jarayonlari bizning nazoratimizda boʻlardi. Xato qilishga haqqimiz yoʻqligini ustoz kunda bir ikki marotaba uqtirishdan tolmasdilar. Bir kun nima boʻldiyu, men xatoga yoʻl qoʻydim. Jarrohlik amaliyotidan uch oy chetlashtirildim. Operatsiya xonasidan chiqib shifokorlar xonasida qilgan aybimdan pushaymon oʻtirgan holatimda, xonasiga chaqirtirdi va bugun sizga katta bir topshiriq borligi, barcha xarajatlar hal qilinganligi va Sank-Piterburgdagi Vreden nomidagi travmotologiya-ortopediya ilmiy tekshirish institutga malaka oshirishga borishimni aytdi. Koʻryapsizmi sal oldin haqli jazolagan inson, biroz oʻtib menga malaka oshirish kursini taklif etib turibdi. Aytingchi bu donolarcha qarorning ostida nima yotadi, nazarimda ishonch oʻzi oʻstirayotgan niholning katta daraxt boʻlib quloch yoyishi va odamlarga nafi tegishiga ishonch mujassam boʻlsa kerak. aytingchi bunday insonlarni unutib boʻladimi...men ustozimdan bir umr minnatdorlik va qarzdorlik hissi bilan yashayman. Yillar oʻtdi, tafakkurim kengaya borgani sayin men ustoz oldidagi qarzni uzish yoʻllarini qidirdim. Bu uning ilmiga sadoqatim va oʻz hayotimga javobgarligim. Shunday qilsam ustoz otam mendan rozi boʻladiganday edi. Bugun men ham oʻz oilamda shu tartibni yoʻlga qoʻyganman. Har safar bolalarimga tanbeh berishga toʻgʻri kelib qilsa ustozimning nuroniy, donishmand chehrasi gavdalanadi.

Ishda va uyda, shogird va farzandlar tarbiyasida ustoz otam izidan borish men uchun qanchalar faxr boʻlsa, shunchalik masʼuliyat hamdir.

Ustozimning tugʻilgan sanasi mening oilamda bayram kuni sifatida nishonlanadi. Istaymanki, nabiralarim ham men ardoqlayotgan maʼnaviyatni oʻz sulolalari hayotiga tatbiq etsa.shunda umrlar yashab boraveradi. Shundagina ilm izlab, xizmat topgan olimlarning hayoti mudom tirikligicha qoladi.

bir insonning emas, butun bir ilmiy maktabning, fidokorlik, insonparvarlik va ustozlik fazilatlarining timsolidir.

Ustozlar izidan — yana bir muvaffaqiyatli qadam

Haqiqiy ustoz shogirdining taqdiriga masʼuliyat bilan yondashadi. Uni nafaqat oʻqitadi, balki hayot maktabida ham tarbiyalaydi. Ana shunday ulugʻ insonlardan biri, Oʻzbekistonda ortopediya va travmatologiya sohasining yirik namoyandalaridan biri, akademik Shahob Hamroyev edi. U kishining shogirdlaridan biri — yosh olim, shifokor-travmatolog Bunyod Toʻgʻuzov bugungi kunda ustozi boshlab bergan ishlarni davom ettirayotgan shogird sifatida butun ilmiy jamoatchilik eʼtiborida turibdi.

Bunyod Toʻgʻuzov oʻz xotiralarida shunday deydi:

“Ustozim meni goʻyoki ʼjazoʼ sifatida Leningradga malaka oshirishga yuborgan edilar. Bu avvaliga men uchun tushunarsiz qaror boʻlgandi. Ammo bu ʼjazoʼ mening hayotimni tubdan oʻzgartirdi. U yerda olgan bilimlarim, koʻrgan tajribalarim keyinchalik mening yoʻlimni aniqlab berdi. Endi tushunaman — u kishi menga katta ishonch bildirgan ekanlar.”

Haqiqatan ham, Shahob Hamroyevning shogird tarbiyalashdagi uslubi oddiy emasdi. U izchillikni, masʼuliyatni, intizomni talab qilardi. Baʼzan qattiqqoʻlligi bilan ham tanilgan ustoz, har bir qarorini shogird manfaati yoʻlida qabul qilar, bir qarashda “jazo” boʻlib koʻringan vazifalar ortida ulkan tarbiya maqsadi yotar edi.

Bugun Bunyod Toʻgʻuzov aynan ustozi Shahob Hamroyev faoliyat yuritgan boʻlimda ish olib bormoqda. Bu — shunchaki tasodif emas. Bu — ilmiy va insonparvarlik anʼanasining davomi.


Toshkent Davlat tibbiyot universiteti matbuot kotibi

Gulchehra Mirzayeva suhbatlashdi



Hamkorlik materiali