Bu haqda Pokiston OAVlari mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, politsiya hududni o'rab olgan, oqibatda 78 mahbus qo'lga olingan, otishmada bir kishi halok bo'lgan. Uch nafar xavfsizlik xodimi yaralangan.
Voqea dushanba kuni kechqurun sodir bo'lgan. Hammasi bo'lib 2000 ga yaqin mahbus evakuatsiya qilingan, ulardan 213 kishi qochishga muvaffaq bo'lgan, deb xabar beradi report.az.