Jahon bojxona tashkiloti yillik sessiyasida Kengash Raisi va oʻrinbosari, Siyosiy qoʻmita aʼzolari, Moliya va audit qoʻmitalari raislari, oʻrinbosarlari va aʼzolari saylandi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk bor Oʻzbekiston Jahon bojxona tashkilotining audit qoʻmitasi aʼzoligiga saylandi!

Tarkibiga dunyoning 12 ta davlatidan aʼzolar saylanadigan mazkur qoʻmita JBTning moliyaviy va ichki boshqaruvini samarali nazorat qilish bilan shugʻullanadi.

Bojxona qoʻmitasi Raisi A.Mavlonov Oʻzbekistonning Jahon bojxona tashkiloti Audit qoʻmitasi aʼzoligiga qabul qilingani uchun minnatdorchilik izhor qildi va Oʻzbekiston tomonidan tashkilot doirasida moliyaviy oshkoralik, samarali boshqaruv va hisobdorlikni taʼminlashga yanada koʻproq hissa qoʻshishga ishonch bildirdi.

Darhaqiqat, Oʻzbekistonning Audit qoʻmitasi doirasidagi faoliyati JBTning salohiyatini mustahkamlashga hamda barcha aʼzo davlatlar manfaatlariga birdek xizmat qiladi.