Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar qildi. Qayd etilishicha, Loyiha 2025-yil iyulda Ekologiya vazirligi va “Falcon Hunting Solutions” MCHJ hamkorligida qimmatli qushlarni tabiatga qaytarish loyihasi amalga oshirildi.
Ushbu qushlar Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan va kamyob tur hisoblanadi. Ular tabiatga moslashib, mustaqil hayot tarzini shakllantiradi — ozuqa topish, yovvoyi hayvonlardan himoyalanish va koʻpayish qobiliyatini rivojlantiradi.
Loyiha yoʻnalishida mahalliy hokimiyat organlari va ekologik mutaxassislar ham faol ishtirok etdi.