Mazkur insonparvarlik koʻmagi Oʻzbekistonda 30-iyuldan 30-avgustgacha eʼlon qilingan "Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi koʻmagida amalga oshirilyapti.

Aksiyasi doirasida Sankt-Peterburg shahrida ogʻir hayotiy vaziyatda boʻlgan 100 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etildi. Ular 18-avgust kuni Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyiladi.

Bundan tashqari, 33 nafar yurtdoshimizga, shu jumladan, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida boʻlgan va ogʻir moddiy ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam koʻrsatildi.