Kelgusi yilda yana 500 million dollar hisobiga 30 ta tumanda shunday ishlar amalga oshiriladi. Bu sanoat, servis, qurilish sohalaridagi tadbirkorlarga katta imkoniyat, yuz minglab ish oʻrinlari yaratish uchun sharoit boʻladi.
Biznes vakillarida qoʻshimcha joy olishga ehtiyoj bor. Lekin ijara narxi, sharti tez oʻzgarayotgani ularning kelgusi rejalariga taʼsir qilmoqda.
Endilikda davlat obyektlari va yer uchastkalari yillik ijara narxini indeksatsiya qilish inflyatsiya darajasidan oshirilmaydi.
Kelgusi yildan davlat aktivlari besh yilga ijaraga beriladi. Agar ijarachi oʻzi xohlasa yoki majburiyatini bajarmasagina shartnoma bekor boʻladi.
1991-yilda qabul qilingan “Ijara toʻgʻrisida”gi qonun asosan davlat organlari manfaatini himoya qilishga qaratilgani qayd etildi. Shu bois ijaraga beruvchi va ijarachi huquqlarini birdek himoya qiladigan yangi tahrirdagi qonun ishlab chiqiladi.