Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma'lum qildi.
“Dolzarb o‘ttiz kunlik” mobaynida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan respublikadagi agroklasterlar, fermer-dehqon xo‘jaliklari bilan birgalikda g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli va iqtisodiy zarar keltiradigan zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash tadbirlar olib boriladi.
Bugungi kunda respublika bo‘yicha 1 million 34 ming 223 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda. O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi mutaxassislari tomonidan g‘o‘za maydonlarida doimiy monitoring olib borilmoqda. Shuningdek, zararli hasharotlar keng tarqalib iqtisodiy zarar yetkazishi xavfini oldini olish maqsadida kimyoviy vositalar zahirasi ham shakllantirildi.
1-iyuldan 30-iyulga qadar davom etadigan mazkur “Dolzarb o‘ttiz kunlik” mobaynida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan respublikadagi agroklasterlar, fermer-dehqon xo‘jaliklari g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli va iqtisodiy zarar keltiradigan zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan kurash tadbirlar olib boriladi.