Biz Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, yaʼni oʻzining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qatʼiy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz», – dedi Prezident.
El-yurtimiz urush va ofatlar vaqtida ogʻir vaziyatga tushib qolgan begunoh insonlarga doimo begʻaraz yordam koʻrsatib kelgan.
Insonparvarlik anʼanalarimizga sodiq qolib, Oʻzbekistonga olib kelingan Falastin fuqarolariga mehmonlarimiz sifatida zarur ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus farmon qabul qilindi.
Prezidentimiz bagʻrikeng, mehr-oqibatli xalqimiz ushbu farmonda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda faol ishtirok etishiga ishonch bildirdi.