Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, hududlar kesimida eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi — 10 million 379,6 ming soʻm. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18,7 foizga koʻp.
Shu bilan birga, ish haqi oʻsish surʼati boʻyicha Samarqand viloyati (124,8 foiz), Namangan viloyati (120,9 foiz), Sirdaryo viloyati (120,7 foiz), Fargʻona viloyati (119,8 foiz) va Jizzax viloyati (119,2 foiz) peshqadamlar qatorida boʻldi.
Eng past oʻsish surʼati esa Andijon (112,0 foiz), Navoiy (115,1 foiz), Qashqadaryo (117,2 foiz), Toshkent (117,3 foiz), Xorazm (117,6 foiz), Qoraqalpogʻiston (117,6 foiz), Buxoro (118,2 foiz) va Surxondaryo (118,4 foiz) viloyatlarida kuzatildi.
Sohalar kesimida
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tahlillarga koʻra, eng yuqori ish haqi bank, sugʻurta, lizing va kredit sohasida qayd etildi — 16 million 828,9 ming soʻm, bu oʻtgan yilga nisbatan 15,6 foizga koʻp.
Axborot va aloqa sohasida oʻrtacha ish haqi 14 million 985,8 ming soʻmni tashkil etib, 16,6 foizga oʻsgan.
Tashish va saqlash sohasida — 9 million 382,1 ming soʻm (oʻsish 16,7 foiz),
Sanoat sohalarida — 7 million 301,0 ming soʻm (oʻsish 16,3 foiz).
Shuningdek, qurilish sohasida ish haqi 6 million 342,6 ming soʻmni tashkil etib, 9,2 foizga oshdi.
Savdo sohasida — 6 million 875,6 ming soʻm (oʻsish 12,1 foiz),
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda — 3 million 765,4 ming soʻm (oʻsish 14,6 foiz).
Besh yillik dinamika
Soʻnggi besh yilda eng katta oʻsish bank, sugʻurta va lizing sohalarida kuzatilgan. Masalan, ushbu sohada ish haqi miqdori 2021-yilga nisbatan 9 million 92 ming soʻmga oshgan.
- Axborot va aloqa sohasida — 9,7 mln soʻmga,
- tashish va saqlash sohasida — 5,5 mln soʻmga,
- sanoat sohasida — 3,4 mln soʻmga,
- qurilish sohasida esa — 2,7 mln soʻmga oʻsish qayd etilgan.