Shuningdek, 14-sentyabrdan boshlab Urganch shahriga reyslar har kuni amalga oshiriladi. Nukus shahriga bajarilayotgan parvozlar soni esa haftasiga 3 tadan 4 taga koʻpaytiriladi.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniyaning rasmiy saytida tanishish mumkin. Yoʻlovchilar ushbu reyslarga chiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, mobil ilova orqali, shuningdek, “Uzbekistan airways” AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi savdo agentlaridan sotib olishlari mumkin.