4-noyabr kechki payt ikki nomaʼlum shaxs Izboskan tumani Shinam koʻchasidagi uylarning biriga gʻayriqonuniy ravishda kirib, voyaga yetmagan 15 yoshli oʻspiringa hujum qilib, yogʻoch boʻlagi bilan uning boshiga urib, qoʻl-oyoqlarini mato bilan bogʻlab qoʻygan.
Keyin esa yotoqxonadagi sandiq ichidan 10 million soʻm pullarni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Hodisa joyini koʻzdan kechirish davomida 4 dona qoʻl barmoq izlari olinib, sudga oid daktiloskopik ekspertiza hamda jabrlanuvchining olgan tan jarohatini ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida, sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni 22 yoshli fuqaro oʻzining tergov jarayonida shaxsini aniqlashni imkoni boʻlmagan nomaʼlum sherigi bilan sodir etganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (takroran, xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha gumondor shaxsning jinoiy sherigini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.