158 kg organoleptik xususiyati buzilgan banan mahsuloti savdodan olindi — Sanepidqoʻmita

    Qoʻyliq dehqon bozorining sanitariya holati va mahsulotlarning sifati nazorati boʻyicha reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Reyd tadbirlarida Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman boʻlimi xodimlari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari ishtirok etdi.

    Mazkur profilaktik reyd tadbirlari davdomida organoleptik xususiyati buzilgan 158 kg miqdorda banan mevasi isteʼmolga yaroqsizligi bois tegishli tartibda savdodan olindi va oʻrnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

    Sotuvchilarga sifati buzilgan mahsulotlarni sotmaslik yuzasidan ogohlantirish choralari qoʻllanildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.