Surxondaryoda isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

    Voqea-hodisalar 17 Fevral 2025 500

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.O. “Boʻston” MFY hududidagi “SH.S.” MCHJning omborxonasida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan va isteʼmolga yaroqsiz 13 turdagi umumiy bahosi 721 mln soʻmlik jami 28 585 dona alkogol mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.