Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.Q. “Fayzobod” MFY hududidagi xonadonida qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi fosh etilib, ushbu sexdan 202 dona qalbaki aksiz markalar, 40 litr spirt, 77 shisha va 73 litr qoʻlbola tayyorlangan aroq, 110 litr musallas, 1 235 dona “SHAHRISABZ” nomli yorliqlar, 232 dona yelim qopqoqlar, 75 dona shisha idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.








