Xususan, Sh.Rashidov tumani, “Oqtosh ota” MFYda koʻp qavatli uylar qurayotgan “AGROMIR BUILDINGS” MCHJga qarashli qurilish obektida 400 kVA quvvatli transformator punkti shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmogʻiga ulanganligi aniqlandi.
Natijada 330,5 ming kVt-soat miqdordagi hisobga olinmagan elektr energiyasi boʻyicha 148,7 mln soʻm qayta-hisob amalga oshirildi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 1700 ta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.