176 ming nafardan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi
Salomatlik
28 okt 2021, 15:52
1 338
Shu yilning 28-sentyabridan beri Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash olib borilmoqda.
27-oktyabr holatiga koʻra, yurtimizda 176 791 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Fargʻona (37 395 doza), Namangan (34 479 doza), Andijon (22 502 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.