Yer qonun buzulish holatlarini aniqlash va chora koʻrish yoʻnalishida Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining yer va kadastr nazoratchilari tomonidan oʻtgan 2021-yil hamda joriy yilning 1-martiga qadar quyidagilar amalga oshirildi.

Yer nazoratini amalga oshirish boʻyicha olib borilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida jami 19 162 ta holatda 3 866 gektar (shundan 2022-yil 1-martgacha 2 269 ta 1 324 gektar) yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish yuzasidan huquqbuzarliklar aniqlandi.

Shundan, kadastr idoralari tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalar asosida 9 682 ta holatda 1 699 gektar (2022-yilda 653 ta 369 gektar) yoki 51 foiz yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan 9 480 ta 2 166 gektar oʻzboshimchalik bilan yegallangan yer uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni buzdirish boʻyicha sudlarga 7 049 ta holatda 842 gektar (2022-yilda 438 ta 39,7 gektar) daʼvo arizalar kiritildi. Shundan, 1 940 ta (286,7 gektar) daʼvo aʼrizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilib, majburiy ijroga qaratildi.

Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan 1 111 ta (2022-yilda 104 ta) materiallar oʻrnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga kiritildi. Huquqbuzarliklarni aniqlash va koʻrib chiqish boʻyicha berilgan vakolatlardan samarali foydalanib, 35 581 ta (2022-yilda 5 481 ta) huquqbuzarliklar aniqlandi va maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.

29 982 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli maʼmuriy jazo choralari koʻrildi. 58 nafar mansabdor shaxslar (fermerlar) tomonidan sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrilmaganligi yoki yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti toʻgʻrisida vakolatli organlarni xabardor etmaslik holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan tegishli maʼmuriy jazo choralari koʻrildi.

Yer va kadastr nazoratini avtomatlashtirish, korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar monitoringini yurituvchi “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi amaliyotga joriy yetilib, 4 422 ta aniqlangan huquqbuzarliklar axborot tizimiga kiritildi.