2 oyda 13 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga keldi

    2024-yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 13 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 18,5 foizga oshgan.

    Oʻzbekistonga 2 oyda davolanish maqsadida eng koʻp tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni:

    - Tojikiston – 8,7 ming nafar;

    - Qozogʻiston – 2 ming nafar;

    - Qirgʻiz R. – 1,9 ming nafar;

    - Rossiya – 220 nafar;

    - Turkmaniston — 144 nafar.