Coʻx tumani tibbiyot turizmi rivojlangan hududga aylantiriladi

    Salomatlik 18 May 2022 1724

    Fargʻona viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi hududdagi tibbiyot turizmi yoʻnalishida yangi maskanlarni tashkil etish boʻyicha imkoniyatlarni oʻrgandi.

    Oʻrganish jarayonida aholi va qishloq faollari bilan suhbatlar olib borildi. Ular bilan sohadagi kelgusi rejalar boʻyicha maslahatlashildi.

    Markaziy shifoxona hovlisidagi boʻsh joydan unumli foydalanib, zamonaviy diagnostika markazi qurish, Hushyor qishlogʻidagi oilaviy poliklinika binosida qoʻshimcha 20 oʻrinli shifoxona tashkil etish hamda sogʻlomlashtirish sanatoriylari va oromgohlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha kelishib olindi, deya xabar beradi Fargʻona viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati.

    Shuningdek, tuman markaziy shifoxonasining xirurgiya boʻlimini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, faoliyatni sifatli yoʻlga qoʻyish ishlari amalga oshiriladigan boʻldi.