20 yil avval ishlab chiqarilgan dori COVID-19ni davolashda qoʻl keldi

    Dolzarb 8 Sentabr 2020 780

    Bundan 20 yil avval A.M. Granov nomidagi Rossiya radiologiya va jarrohlik texnologiyalari ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqarilgan va oʻpkaning shikastlanishiga qarshi qoʻllaniladigan surfaktant-BL nomli dori vositasi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda oʻz samarasini koʻrsatdi.

    Bugungi kunda 120 nafar ogʻir kasallarga ushbu dori vositasi qoʻllanilgan. Natijada ushbu guruhda oʻlim holati odatiy holga nisbatan besh baravar kamaygan.

    Surfaktant— bu oʻpka pufakchalarini ichkaridan qoplaydigan yuzaki faol moddalar qorishmasi. U nafas olganda pufakchalar devorlarining yopishishiga toʻsqinlik qiladi, inson organizmida tabiiy ravishda shakllanadi. SARS-CoV-2 virusi oʻpka hujayralarini nobud qilganda surfaktant ishlab chiqarilishi toʻxtaydi.

    V.A. Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi anesteziologiya va reanimatologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri Andrey Bautinning “Izvestiya”ga tushuntirishicha, natijada qon tomiri va pufakchalar oʻrtasida tebranish ishdan chiqadi. Unga qonning suyuq qismi-plazma tushadi. Pufakchalar gaz almashinuvida ishtirok etishdan toʻxtaydi, keyin esa kislorodga toʻyinmagan qon yurakning chap boʻlimiga tushadi va organizm boʻylab tarqaladi. Inson kislorod yetishmayotganligini his qiladi. Shunda tashqaridan yirik shoxli qoramol oʻpkasidan tayyorlangan surfaktant yordamga keladi.

    COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning besh foizida ogʻir ahvol kuzatiladi, ulardan taxminan 80 foizi vafot etadi (dunyo boʻyicha). V.A. Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazida surfaktant yordamida 28 nafar ogʻir ahvoldagi bemorlarni davolagan. Ulardan 24 nafari sogʻayib ketgan. Oʻlim darajasi esa 14,3 foizni tashkil etgan. Bautinning soʻzlariga qaraganda, surfaktant-BL bemorlarga ingalyatsiya usuli bilan yuborilgan. Davolash jarayoni kuniga ikki marta yarim soatdan davom etgan. Davolanish kursi ikki-besh kunni tashkil etgan. Dori vositasi Moskva, Peterburg, Tyumen va Sыktыvkar tibbiyot muassasalarida qoʻllanilgan.

    Surfaktant pufakchalarning yopishishiga yoʻl qoʻymagandan tashqari, virusning boshqa yoʻnalishlarda harakatlanishiga ham toʻsqinlik qiladi. U SARS-CoV-2 ning inson hujayrasiga kirib borishi uchun “darvoza” vazifasini oʻtaydigan APF2 retseptorlarini qurshab oladi ekan. Demak ushub dori vositasini nafaqat ogʻir holatlarda qoʻllash, undan kasallikning oldini olish maqsadida ham foydalanish mumkin ekan. Surfaktant shuningdek, virus va bakteriyalar bilan kurashuvchi hujayralarning pufakchalar ichidagi begona zarrachalarni yutib yuborish xususiyatlarini quvvatlantiradi ekan. Natijada immun himoya xislati oshadi ekan.

    Hozir mamlakatimizda ushbu dori vositasini qoʻllashning yangi nazorat etiluvchi tadqiqoti davom ettirilyapti. Va bunda 90 nafar bemor davolanyapti. Uning natijasida surfaktant-BL ni COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi tavsiyalari qatoriga kiritish rejalashtirilyapti, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.