Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning salon qismida 200 ming AQSH dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur fuqaro hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan qirgʻizistonlik notanish shaxslar bilan oʻzaro til biriktirib, ushbu juda koʻp miqdordagi xorijiy valyutani noqonuniy ravishda Qirgʻiziston Respublikasiga oʻtkazmoqchi boʻlgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan