200 turdagi zararli hasharotlarga qarshi mikroorganizmlarni koʻpaytirishning yangi texnologiyasi yaratildi

    Yangi texnologiya boʻyicha foydali nematodalarning onalik materiallarini yil davomida saqlash va koʻpaytirish mumkin.

    Maʼlumki, bugungi kunda butun dunyoda oʻsimliklarni himoya qilishda ekologik xavfsiz vositalarni keng joriy etishga eʼtibor qaratilyapti. Ana shunday xavfsiz va samarali biologik vositalardan biri foydali nematodalar.

    Mazkur turdagi mikroorganizmlarni 100 turkumga kiruvchi 200 turdagi oʻsimliklarning zararli hasharotlariga qarshi qoʻllash mumkin.

    Oldingi usulda mikroorganizmlar laboratoriya sharoitida koʻpaytirilib, suvli suspenziyada 20-40 ml dan onalik materiali tarqatilar edi. Bunda saqlash vaqti va muhiti chegaralangan boʻlib, baʼzan onalik materialidagi foydali nematodalar manzilga yetkazilguniga qadar nobud boʻlardi.

    Yangi texnologiya boʻyicha foydali nematodalarning onalik materiallarini yil davomida saqlash va koʻpaytirish mumkin.