Deyarli har kuni texnologiya olamida oʻzgarishlar yuz berib, biz foydalanayotgan gadjetlarda yanada koʻproq qulayliklar paydo boʻlmoqda.
Yangi kashfiyot tufayli elektron qurilmalari sohalarga keskin oʻzgarish kiritmoqda.
Masalan, Kolorado universiteti (AQSH) gadjetlardagi anʼanaviy akkumulyatorlarni superkondensatorlarga almashtirish boʻyicha innovatsion loyihani namoyish etdi.
Mutaxassislarning fikricha, superkondensatorlar smartfonlarni atigi bir daqiqada toʻliq quvvatlantirish imkonini beradi, elektromobillar uchun esa atigi oʻn daqiqa yetarli boʻladi. Superkondensatorlarning batareyalarga nisbatan afzalliklari shundaki ular 99 foiz samaradorlik bilan tavsiflanadi, bu batareyalardan 9 foizga koʻpdir.
Bundan tashqari, superkondensatorlar bugungi kunda tez-tez ishlatiladigan anʼanaviy batareyalarga qaraganda koʻproq zaryadlash davrlariga bardosh bera oladi.