Sinovlar davomida raketalarning parvoz xususiyatlari, aniqligi va boshqa parametrlari baholangan, deb xabar beradi tass.ru.
Otishmada mamlakat rahbari Kim Chen In ishtirok etgan. Uning ta'kidlashicha, yangi texnologiyalarni o'z ichiga olgan 240 mm kalibrli raketa tizimlari Koreya xalq armiyasining “artilleriya qurolli kuchlarini mustahkamlashdagi strategik o'zgarishlarga hissa qo'shadi”.