2022-yil davomida sanoat yoʻnalishida jami 1 078,0 milliard soʻmlik xizmatlar koʻrsatildi

    Sanoat 26 Yanvar 2023 1474

    “Oʻzbekneftgaz” AJ zavod va boshqarmalari tomonidan 2022-yil davomida jami 1 078,0 milliard soʻmlik quyidagi yoʻnalishlarda xizmatlar koʻrsatildi:

    - tabiiy gaz va gaz kondensati tayyorlash,

    - qayta ishlash,

    - saqlash va yuklab berish,

    - transportirovka qilish,

    - siquv kompressorlari yordamida siqish.

    Xizmat koʻrsatish natijasida olingan daromadning korxonalar kesimidagi ulushi quyidagicha:

    - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan jami 245,9 milliard soʻmlik hamda 3,7 million dollar miqdorida xizmatlar koʻrsatildi.

    - Muborak gazni qayta ishlash zavodi tomonidan jami 222,0 milliard soʻmlik hamda 8,5 million dollar miqdorida xizmatlar koʻrsatildi.

    - Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan jami 156,4 milliard soʻmlik hamda 27,3 million dollar miqdorida xizmat turlari koʻrsatildi.

    - Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan jami 36,7 milliard soʻm miqdorida xizmatlar koʻrsatildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.