- tabiiy gaz va gaz kondensati tayyorlash,

- qayta ishlash,

- saqlash va yuklab berish,

- transportirovka qilish,

- siquv kompressorlari yordamida siqish.

Xizmat koʻrsatish natijasida olingan daromadning korxonalar kesimidagi ulushi quyidagicha:

- Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan jami 245,9 milliard soʻmlik hamda 3,7 million dollar miqdorida xizmatlar koʻrsatildi.

- Muborak gazni qayta ishlash zavodi tomonidan jami 222,0 milliard soʻmlik hamda 8,5 million dollar miqdorida xizmatlar koʻrsatildi.

- Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan jami 156,4 milliard soʻmlik hamda 27,3 million dollar miqdorida xizmat turlari koʻrsatildi.

- Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan jami 36,7 milliard soʻm miqdorida xizmatlar koʻrsatildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.