Mazkur narx jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda, shuningdek mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2022-yil kutilayotgan minimal narx 1 tonna gʻalla hosili uchun 2,5 million soʻm boʻlishini eʼlon qiladi.
Mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakterga ega boʻlib, gʻalla yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida gʻalla xarid narxlarini oʻzaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.
Bundan tashqari bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda kutilayotgan minimal narxga tuzatishlar kiritilib, ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib boriladi, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.