Bu haqda Toshkent shahar transporti va yoʻl-transport infratuzilmasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan.

Konsepsiyaga muvofiq, 2022-yilda 90 dona katta sigʻimli (12 metrlik) MAN CNG, 200 dona oʻrta sigʻimli (8,5 - 9 metrlik) SAZ LE60, 300 dona katta sigʻimli (12 metrlik) elektrobus xarid qilinadi.

Mazkur loyihaning qiymati 1 trln 458 mlrd 416 mln soʻm etib baholangan. (MAN CNG – 261 mlrd 144 mln; SAZ LE60 – 190 mlrd 108 mln; elektrobus – 1 trln 007 mlrd 164 mln soʻm). Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari, Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar va davlat-xususiy sherikchiligi asosida xususiy investorlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

Konsepsiyaning mazkur bandi ijrosiga Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ masʼul etib belgilangan.