Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va "Ohangaronsement" AJ hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Rossiya, Turkiya, Qozog'iston va O'zbekistondan 50 dan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, yirik qurilish kompaniya vakillari, ushbu yo'nalishda faoliyat olib borayotgan xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
Tadbirda sement va beton ishlab chiqarishda jahon tajribasi, mamlakatimizdagi ushbu yo'nalishda faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalar, yangi texnologiyalar, yangiliklar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, bir qator xorijiy va mahalliy yirik kompaniya vakillari ham o'z korxonalari haqida ma'lumot berdi. Ishbilarmon doira vakillari uchrashuvi ham bo'lib o'tdi.
Ma'lumot uchun, Respublikamizda jami 34 ta sement zavodlari faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, ularning yillik quvvati 25 mln tonnani tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko'ra, 2023 yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 17,01 mln tonnaga yetkaziladi.
Yanvar-fevral oylarida respublika bo'yicha 1,12 million tonna tsement ishlab chiqarildi. Mamlakatimiz amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlariga sifatli sement yetkazib berish maqsadida "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi tomonidan bir qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning o'zida 7 ta yangi korxonalarni ishga tushirish natijasida qo'shimcha 5,8 mln. tonna quvvat yaratiladi.