Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, vodiydagi boshqa sement ishlab chiqaruvchilar MCHJ tomonidan ichki bozorga tannarxdan past narxlarda sement realizatsiya qilgani va buning oqibatida qolgan korxonalar bankrotlik yoqasiga kelib qolgani yuzasidan qoʻmitaga murojaat qilgan.
Ushbu holatni atroflicha oʻrganish va mavjud vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Halilillo Turaxujayev Fargʻona viloyatida mazkur sohadagi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq formatda uchrashuv oʻtkazdi, deyiladi xabarda.
Ochiq formatda oʻtkazilgan muloqot jarayonida Fargʻona vodiysida faoliyat olib boruvchi 13 ta sement ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti vakillari bilan suhbatlashildi.
Shuningdek, tadbirkorlarga Andijon viloyatidagi “Shangfeng-bridge of friendship” MCHJ tomonidan ichki bozorga tannarxdan past narxlarda sement realizatsiya qilinayotganligi holatida demping alomatlari mavjudligini komission tartibda koʻrib chiqish uchun unga soʻrov kiritilgani, ammo ushbu maʼlumotlar vaqtida taqdim etilmagani sababli ayni vaqtda “Shangfeng-bridge of friendship” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgani va ushbu holat Qoʻmita nazoratida ekani maʼlum qilindi.
Hukumatga aniq asoslantirilgan takliflar kiritilishi tadbirkorlarga tushuntirildi.