Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan 12 milliard soʻmlik sement mahsulotlari aniqlandi.
Muvofiqlik sertifikatisiz sement mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonaga holat yuzasidan 7 milliard soʻm jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qoʻllanilishi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirildi va materiallar sudga kiritildi.