Yillik ishlab chiqarish quvvati 200 ming tonna, eksport hajmi 5,3 mln dollarni tashkil etuvchi loyiha 2 bosqichda amalga oshirilmoqda va toʻliq quvvatda ishga tushirilgach 50 ta ish oʻrni yaratiladi.
Viloyat rahbari mazkur loyihada olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, masʼullarning loyiha yuzasidan axborotlarini tingladi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, loyihani muddatida ishga tushirish boʻyicha masʼullarga vazifalar belgilab berildi.
Maʼlumot uchun, Boysun tumanida 2023-yil hududiy investitsiya dasturi asosida, umumiy qiymati 173 mlrd 381 mln soʻmlik 39 ta loyihani amalga oshirish, 497 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.