Qarorga ko‘ra, quyidagilar Yagona integratsiyalashgan raqamli platforma (Platforma)ni joriy etishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
- 2028-yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta ma’muriy funksiyasini raqamlashtrish;
- davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish va boshqalar.
Platforma quyidagilarni ta’minlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi:
- davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ularning kiberxavfsizligini ta’minlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qo‘llash;
- qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni qisqartirish va boshqalar.
2027-yil 1-yanvardan:
- davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmashi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish Platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi;
- Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integratsiya (Open API) tamoyili joriy qilinadi.