Bugun kunduzi Oʻzbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida asosan jadalligi biroz boʻlgan yomgʻirlar yogʻadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +13...+18 daraja atrofida, baʼzi joylarda +20 darajagacha boʻladi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

24-25-oktyabr kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati koʻtariladi va hafta oʻrtasiga kelib, kunduz kunlari havo +22...+25 darajagacha, janubda +27 darajagacha isiydi.

26-oktyabrda respublika hududiga Volga boʻyi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va shurqiy hududlarda yana yomgʻir yogʻadi, harorat +15...+20 darajagacha pasayadi.

27-oktyabrda Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, harorat +17...+22 daraja boʻladi.

Ushbu hafta davomida harorat kechalari +7...+12 daraja iliq atrofida boʻladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Poytaxtimizda: 23-oktyabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomgʻir yogʻadi. Harorat +14...+16 daraja boʻladi.

24-25-oktyabr kunlari havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat +21...+24 darajagacha koʻtariladi. 

26-oktyabrda yomgʻir yogʻadi, harorat +16...+18 daraja boʻladi.