Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koʻkdala tuman boʻlimi tomonidan IIB va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “Qarshi-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanayotgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqarolar O.X. va J.V. jami 4 000 kg. isteʼmolga yaroqsiz qoramol goʻshtini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.