Bunday koʻriklar koʻplab xavfli kasalliklarni aniqlash va ular rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Bular quyidagilardir:
Koʻkrak bezi saratoni skriningi.
Koʻkrak bezi saratonini vaqtida aniqlash orqali bemor hayotini saqlab qolish mumkin. Shuning uchun shifokorlar 50 yoshdan oshgan ayollarga har yili mammografiyadan oʻtishni tavsiya qiladi.
Bachadon boʻyni saratoni skriningi.
Baʼzi ayollar ushbu muhim tekshiruvni eʼtiborsiz qoldiradi. Vaholanki, bachadon boʻyni saratoni oʻlim darajasi yuqori boʻlgan eng xavfli kasalliklardan biridir.
Qaygʻuli oqibatlar koʻpincha bemorlar oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtmaganligi sababli yuzaga keladi. Kolposkopiya bachadon boʻyni oʻsmalarini tashxislash uchun qoʻllaniladi.
Toʻliq gormonal tekshiruv.
Estrogen va testosteron yillar davomida darajalari oʻzgarib turadigan organizmdagi asosiy gormonlardir. Biroq boshqa gormonlarni ham muntazam tekshirib turgan yaxshi. Chunki ularning muvozanati metabolizm, miya, ishtaha, tana harorati va hokazolarga taʼsir qilishi mumkin.
Osteoporoz diagnostikasi.
Yillar davomida suyaklardagi kalsiy darajasi keskin pasaya boshlaydi va bu koʻpincha xavfli tizimli kasallik — osteoporozga olib keladi.
Xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi eng samarali tekshiruv suyak densitometriyasidir (suyak zichligini oʻlchash). 50 yoshdan keyin har yili ushbu tekshiruvdan oʻtib turish foydali.
Qon bosimini oʻlchash.
Menopauza va u bilan bogʻliq oʻzgarishlar tufayli ayollarda gipertoniya rivojlanishi juda keng tarqalgan. Agar u nazorat ostida boʻlmasa, xavfli yurak-qon tomir patologiyalari vujudga kelishi mumkin.
Qonda shakar va xolesterin miqdorini aniqlash.
Qonda glyukoza darajasini tekshirish ikkinchi toifa diabetni aniqlashga yordam beradi. Bu koʻpincha 40-50 yoshdan keyin tashxis qilinadi.
Yomon xolesterin (LDL) uchun oʻz vaqtida va muntazam ravishda qon tahlilini topshirish infarkt va insultning sababi boʻlgan ateroskleroz (tomirlarning devorlarida blyashka shakllanishi) rivojlanishining oldini oladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.