Xususan, mazkur sanadan boshlab, Toshkent – Andijon yoʻnalishida harakatlanayotgan 60-sonli yoʻlovchi poyezdi Toshkent markaziy vokzalidan harakatini boshlaydi, shuningdek, Andijon – Toshkent yoʻnalishida harakatlayotgan 59-sonli yoʻlovchi poyezdi Toshkent markaziy vokzaliga qabul qilinadi.

IZOH: Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ