Rori hayratlanarli bu natijani 30 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi bolalar oʻrtasida AQSHda oʻtkazilgan ogʻir atletika turnirida qayd etgan. Tabiiyki, u musobaqaning mutloq gʻolibi boʻlgan.
Yosh sportchi Ottavada yashaydi. Gimnastika va ogʻir atletika bilan muntazam shugʻullanadi. Rori oʻz instagram sahifasiga sport mashgʻulotlarining videolarini joylab boradi. Videolardan birida 80 kilogramm ogʻirlikdagi shtanga koʻtarayotgani aks etgan.
Rori ogʻir atletikani sevimli mashgʻuloti, deb biladi va haftasiga 9 soat mashq qiladigan gimnastikadan afzal koʻradi.
Zuhra QARSHIYEVA